пятница, 15 мая 2015 г.

Irlandiya politsiyasi shahzoda Charlz va uning rafiqasi malika Kamillaga terakt tayyorlashda gumon qilinayotgan olti kishini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya Pravda”. Gumonlanuvchilardan portlovchi moslama va o‘qotar qurol olib qo‘yilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ular shahzoda Charlz va malika Kamillaning 19−22-may kunlari Irlandiyaga tashrifi vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan. Jinoyatchilar qurolni butun mamlakat bo‘ylab bir nechta maxfiy joylarda saqlagan. Qo‘lga olinganlar “Irlandiya Respublikasi armiyasi” tashkiloti bilan yaqin aloqalarda bo‘lgani aytilgan.
12-may kuni Nepalda sodir bo‘lgan yangi zilzila qurbonlari soni 117 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatning Favqulodda holatlar milliy markaziga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda. Oldinroq 96 kishining hayotdan ko‘z yumagani xabar qilingandi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ikkala yer silkinishi natijasida 8316 kishi vafot etdi va 76 638 kishi jabrlandi. 7,3 magnitudali zilzilaning ilk silkinishi 12-may kuni Toshkent vaqti bilan 12:05 da qayd etildi. Uning epitsentri Katmandudan 83 kilometr janubda, o‘chog‘i esa 18,5 kilometr chuqurlikda joylashdi. Undan so‘ng ham bir necha takroriy zilzilalar bo‘ldi va ularning eng kattasi 6,3 ballni tashkil qildi. Nepalda 25-aprel kuni 7,9 magnitudali zilzila ro‘y bergandi. Shundan so‘ng kuchi 3,2 dan 6,9 magnitudagacha bo‘lgan 90 ga yaqin aftershoklar qayd etildi. Yer silkinishi 8 mingdan ortiq odamning yostig‘ini quritdi.

AQSH da maktab avtobusi o'qqa tutildi

AQShning Florida shtati politsiyasi Jeksonvill shahrida maktab avtobusini o‘qqa tutgan ikki nafar o‘smirni izlamoqda, deb xabar berdi “TASS”. Otishma oqibatida avtobus ichida bo‘lgan ikki nafar o‘quvchi qiz jarohat olgan va yaqindagi shifoxonaga olib borilgan. Mahalliy politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, olingan jarohat qizlarning hayoti uchun xavfli emas. Guvohlarning ta’kidlashicha, ikki o‘smir avtobusga yaqinlashib, kamaridan to‘pponchani chiqargan va bir necha marta o‘q uzgan, keyin esa yashiringan. Politsiya voqea joyi atrofini o‘rab olgan va mahalliy aholini ikki nafar qora tanli o‘smir qidirilayotganidan ogohlantirgan.